O‘zbekiston prezidentining ko‘rsatmasiga muvofiq xorijdagi O‘zbekiston fuqarolarini Vatanga olib kelish uchun navbatdagi charter reyslariing jadvali tasdiqlandi, deya xabar qildi Transport vazirligi matbuot xizmati.

Unga ko‘ra joriy yilning 25 mayidan 7 iyun kunlari davomida 17 ta reys orqali xorijdagi fuqarolar evakuatsiya qilinadi.

25−31 may kunlariga belgilangan reyslar jadvali:

  1. 25 may. Toshkent — Yekaterinburg — Toshkent
  2. 26 may. Toshkent — Moskva — Toshkent
  3. 27 may. Toshkent — Sankt-Peterburg — Toshkent
  4. 28 may. Toshkent — Rostov-Don — Toshkent
  5. 28 may. Toshkent — Istanbul — Toshkent
  6. 29 may. Toshkent — Sankt-Peterburg — Toshkent
  7. 29 may. Toshkent — Moskva — Toshkent
  8. 30 may. Toshkent — Moskva — Toshkent

1 — 7 iyun kunlariga belgilangan reyslar jadvali:

  • 1 iyun. Toshkent — Istanbul — Toshkent
  • 2 iyun. Toshkent — Moskva — Toshkent
  • 3 iyun. Toshkent — Sharja — Toshkent
  • 3 iyun. Toshkent — Moskva — Toshkent
  • 4 iyun. Toshkent — Sankt-Peterburg — Toshkent
  • 5 iyun. Toshkent — Moskva — Toshkent
  • 6 iyun. Toshkent — Qohira — Toshkent
  • 6 iyun. Toshkent — Novosibirsk — Toshkent
  • 7 iyun. Toshkent — Sankt-Peterburg — Toshkent

Eslatib o‘tamiz, 11 dan 24 maygacha vatandoshlarni chet elga olib chiqish uchun “O‘zbekiston havo yo‘llari” ning 12 ta charter reysi tashkil etilgan edi.