Sement importiga kiritilgan cheklovdan bir oy o‘tib, Vazirlar Mahkamasi qaroriga ko‘ra, cheklov olib tashlandi. Bu haqda «Gazeta.uz»ga hukumatdagi manba xabar berdi.

Respublikada amalga oshirilayotgan qurilish ishlarining to‘xtab qolmasligi uchun, 23 maydan boshlab sement mahsulotini import bo‘yicha olib kirishga joriy qilingan cheklov bekor qilinadi, deyiladi hujjatda.

Hukumatning 23 apreldagi qaroriga muvofiq, sementga O‘zbekistonda bo‘lgan talabning pasayishi sababli uning importi vaqtincha to‘xtatilgan edi.

Eslatib o‘tamiz, 25 apreldan boshlab qurilish bozorlari o‘z faoliyatini davom ettirishmoqda.