Asli o‘zbekistonlik tadbirkor Alisher Usmonov Hayit bayrami arafasida Toshkent viloyati Zangiota tumanidagi ehtiyojmand oilalarga 2,51 milliard so‘m miqdoridagi moddiy yordam ajratdi. Bu haqda “Xalq so‘zi” nashri ma’lum qildi.

Ma’lum qilinishicha, Zangiota tumanidan 1004 ta ehtiyojmand xonadon yo‘qlangan. Bunda yakka-yolg‘iz, boquvchisini yo‘qotgan, nogironlari bor oilalar tanlab olingan. Ajratilgan mablag‘lardan har bir oilaga qariyb 2,5 million so‘mdan taqsimlab berilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq, USM Holdings asoschisi Alisher Usmonov Andijondagi ehtiyojmand oilalarga 2,5 mlrd so‘m, Namangandagilarga 12,5 mlrd so‘m ajratgan edi.