AQSH hukumati, Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) orqali O‘zbekistonga koronovirus pandemiyasiga qarshi kurash uchun qo‘shimcha 3 mln dollar ajratadi. Bu haqda AQSHning O‘zbekistondagi elchixonasi habar berdi.

Unga ko‘ra, Vashington sog‘liqni saqlash hamda diagnostika muassasalarida infeksiya tarqalishining oldini olish uchun maslahatlar va texnik ko‘mak berish orqali O‘zbekistonning COVID-19 ga qarshi olib borayotgan sa’y-harakatlarini qo‘llab-quvvatlashini bildirdi.

Ma’lum qilinishicha, mazkur 3 mln dollarлик yordam bilan AQSH hukumatining O‘zbekistonda koronavirusga qarshi sa’y-harakatlarni qo‘llab-quvvatlashda ko‘rsatgan bevosita yordami 5,92 mln dollarни tashkil etmoqda. Bundan, 3,8 mln dollari esa USAID hissasiga to‘g‘ri kelishi ma’lum qilindi.

“USAID ning O‘zbekistondagi dasturlari keng ko‘lamli test o‘tkazish uchun laboratoriya tizimlarini tayyorlash hamda virus yuqtirib olgan bemorlarga oid holatni yaxshilashga ham yordam bermoqda. Bundan tashqari, USAID dasturlari koronavirus tarqalishini to‘xtatishga ko‘maklashish va dezinformatsiya yoyilishining oldini olish maqsadida aholining zaif qatlamlariga aniq va to‘g‘ri ma’lumot yetkazish orqali mahalliy jamoalar bilan munosabatlarda hamkorlik qilmoqda”, deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, 8 may kuni AQSH hukumati Sardoba suv ombori o‘pirilishining oqibatlarini bartaraf etish uchun 100 ming dollar ajratgani haqida ma’lum qilingandi.