Juma shahrida harakat vaqtinchalik to‘xtatiladi, deya xabar qildi Samarqand viloyati Pastdarg‘om tumani hokimligi matbuot xizmati.

Mazkur qaror tuman aholisining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi va xavfsizligini ta’minlash, fuqarolarning hayoti va sog‘lig‘ini himoya qilish hamda koronavirus infeksiyasining tuman hududi bo‘ylab tarqalishining oldini olish maqsadida qabul qilindi.

Tuman hokimi Sh. Xudayberdiyev farmoyishiga bilan 21 may kuni soat 19:00 dan boshlab Juma shahriga tumanning boshqa hududlaridan kirib kelayotgan avtotransport vositalari hamda fuqarolarning quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha harakatlanishi vaqtincha to‘xtatiladi:

  • 4R-46a avtomobil yo‘lining 1-kilometri, Juma shahriga kirish yo‘li;
  • Juma shahar Havuzak mahallasi Kamalak ko‘chasi yo‘li;
  • 4K-547 avtomobil yo‘lining Juma shahar Sh. Rashidov mahallasi M.Sharapov va Bo‘ston ko‘chalariga kirish yo‘li;
  • Samarqand — Juma — Kattaqo‘rg‘on 4R-46 avtomobil yo‘lining 24-klometri, Juma shahriga kirish yo‘li;
  • Samarqand — Juma — Kattaqo‘rg‘on 4R-46 avtomobil yo‘lining 25-klometri, Juma shahar Buyuk Turon ko‘chasiga kirish yo‘li.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Sog‘liqni saqlash vazirligi Navoiy va Samarqand viloyatlarida aholi orasida aniqlanayotgan koronavirus holatlari soni ortayotgani haqida xabar qilgan edi. Xususan, bugun kun davomida 61 kishidan COVID-19 aniqlangan bo‘lsa, ularning 24 nafari Samarqand viloyatidan.