22 may soat 23:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 3036 (+8) nafarni tashkil qilmoqda, deya xabar qildi Sog‘liqni saqlash vazirligi.

Yangi kasallanish holatlarining 6 nafari Navoiy viloyatida, 1 nafari Toshkent viloyatida aniqlangan bo‘lib, infeksiya yuqtirgan yana 1 nafar fuqaro esa xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchisi hisoblanadi. Kasalligi qayd etilganlarning 7 nafari aholi orasidan aniqlandi. Hozirda ushbu bemorlar bilan muloqotda bo‘lgan barcha fuqarolar belgilangan tartibda qat’iy karantinga olingan.

Kun davomida 69 ta yangi COVID-19 holati tasdiqlandi. Ularning 46 nafari aholi orasidan aniqlangan.

Ayni paytda mamlakatda 2492 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar butunlay sog‘aydi. Hozirda mamlakatimizda davolanish ko‘rsatkichi 82 foizni tashkil etmoqda.