Toshkent shahar hokimligining xabar qilishicha, poytaxtdagi Homiylik xayriyalarini muvofiqlashtirish markazi o‘z ishini yakunladi.

Poytaxtdagi mazkur markaz, ma’lumotga ko‘ra, o‘zining faoliyati davomida (1 apreldan 20 may kunigacha) jami 84 636 ta ijtimoiy himoyaga muhtoj oilaлардан murojaatlar kelib tushgan. Shundan 65,431 tasi “1197” yagona koll-markaz raqamiga, 16 747 tasi mahallalar tavsiyasiga ko‘ra va 2 458 ta murojaat esa ijtimoiy tarmoqlar orqali tushib, markaz volontyorlari tomonidan ko‘rib chiqilgan.

Ma’lum qilinishicha, poytaxtdagi Homiylik xayriyalarini muvofiqlashtirish markazi karantin vaqtida ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarga 40 xildagi 941 tonna 570 kilogramm, 148 769 litr, 166 274 qadoq oziq-ovqat mahsulotlari yordam tariqasida tarqatgan. Shu bois, jami miqdorda 11,8 mlrd so‘mлик mahsulotlar ehtiyojmand oilalarga olib borildi.


Manba: Toshkent shahar hokimligining matbuot xizmati

Shuningdek, ehtiyojiga ko‘ra, markazdan dori-darmon vositalarni so‘ragan 1 686 ta poytaxtda yashaydigan oila 3 201 ta, ya’ni 137,9 mln so‘m miqdordagi turli xil dori vositalari bilan ta’minlandi.


Manba: Toshkent shahar hokimligining matbuot xizmati

“Asosan 500 nafar ko‘ngillilardan (volontyor) tashkil topgan markaz a’zolari 50 kun davomida, deyarli bir oila bo‘lib harakatlanishdi”, deyiladi markaz faoliyati haqida tayyorlangan reportajda.



Eslatib o‘tamiz, 1 aprel kuni Respublika maxsus komissiyasining qarori bilan yakka tartibda xayriya tadbirlarini o‘tkazish vaqtincha taqiqlanib, uning o‘rniga Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi huzuridagi Homiylik xayriyalarini muvofiqlashtirish markazi tashkil qilingandi. Karantin vaqtida ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarga yordam ko‘rsatish, ularga zarur mahsulotlarni yetkazib berish ushbu markazning asosiy vazifasi etib belgidangan edi.