O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning borishi, odamlar hayoti bilan tanishish maqsadida 21 may kuni Andijon viloyatiga jo‘nab ketdi, deya davlat rahbarining matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, safar davomida qishloq xo‘jaligi va sanoat korxonalari, bunyodkorlik ishlarini ko‘zdan kechirish rejalashtirilgan.