Qoraqalpog‘istonda katta miqdordagi “tramadol” savdosiga chek qo‘yildi, deya xabar qildi O‘zbekiston IIV huzuridagi Tergov departamenti matbuot xizmati.

To‘rtko‘l tumani “Miskin YPX” blok postida J.B. boshqaruvidagi Cobalt to‘xtatilgan. Avtomashina ko‘zdan kechirilganida, 446 dona “Tropikamid” dori vositasi borligi aniqlanib, ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olingan.

Tergovga qadar tekshiruv davomida avtomobil yo‘lovchisi S. N. fuqaro Sh. A.,ga tegishli ekanligi, u o‘z yashash uyida savdosi cheklangan giyohvand moddalar ro‘yxaiga kiritilgan “Tramadol” psixotrop moddasini saqlayotgani haqida bayon qilgan.

Sh. A.,ning yashash xonadonida o‘tkazilgan tintuv tergov harakati davomida 3 dona “Tropikamid” kuchli ta’sir qiluvchi moddasi, 248 o‘ramdagi 2480 dona “Tramadol Lannaxer Tramadol 50 mg” vositasi, 236 dona “Regapen” vositasi hamda jami 50 ming so‘m pullar borligi aniqlanib, ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olingan.

Holat yuzasidan To‘rtko‘l tumani IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 2511-moddasi 3-qismi (Kuchli ta’sir qiluvchi yoki zaharli moddalarni qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Hozirda jinoyat ishi bo‘yicha dastlabki tergov harakatlari davom ettirilmoqda.