20 may soat 22:30 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 2939 (+12) nafarni tashkil qilmoqda, deya xabar qildi Sog‘liqni saqlash vazirligi.

Aniqlangan yangi kasallanish holatlarining 7 nafari oldindan karantinda bo‘lgan fuqarolar, 5 nafari xorijdan kelgan shaxslar orasidan qayd etildi.

Kun davomida 84 ta yangi COVID-19 holati qayd etildi. Infeksiya asosan xorijdan charter reyslar bilan olib kelinganlar, xalqaro yuk mashinalari haydovchilari va avvaldan karantinga olingan fuqarolar orasida aniqlanmoqda.

Ayni paytda mamlakatda 2372 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar butunlay sog‘aydi. Hozirda respublikada 554 nafar bemor davolanmoqda. Barcha bemorlarga shifokorlar tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.