20 may soat 16:30 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 47 kishiga oshib, jami 2927 nafarni tashkil qilmoqda. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar qildi.

Aniqlangan yangi kasallanish holatlarining 28 nafari oldindan karantinda bo‘lgan fuqarolar, 19 nafari xorijdan (15 nafari Qozondan, 4 nafari Sankt-Peterburgdan charter reyslari orqali) kelgan va karantin markaziga joylashtirilgan shaxslar orasidan qayd etildi.

Ayni paytda mamlakatda 2366 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar butunlay sog‘aydi. Qolgan barcha bemorlarga shifokorlar tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.