Farg‘ona viloyatining Dang‘arada tumanida sodir bo‘lgan YTHda velosipedchi vafot etdi, deya xabar qildi IIV YHXBB matbuot xizmati.

Hodisa 18 may kuni soat 14:40 larda tumanning Qo‘riq mahallasi hududidan o‘tgan A-373B «Qo‘qon shahriga kirish» avtomobil yo‘lining 21 km.da sodir bo‘ldi. Haydovchi S.M. (1992 y.t., erkak) Captiva avtomobilini to‘satdan chap tomonga qayrilib, o‘zi bilan bir yo‘nalishda ketayotgan velosipedchi, I.t. (1966 y.t.)ni urib yuborgan.

Natijada, velosipedchi 54 yoshli I.t. (erkak) og‘ir tan jarohatlari bilan shifoxonada vafot etgan.

Mazkur YTH yuzasidan Dang‘ara tuman IIB huzuridagi TB tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

IIV YHXBB barcha haydovchilardan piyoda va velosipedchilarga e’tiborli bo‘lishlarini, piyoda va velosipedchilardan esa belgilanmagan joylarda harakatlanmasliklarini, yo‘l harakati qoidalariga amal qilishlarini so‘ramoqda.