Koreya xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA) 18 may kuni Sirdaryo viloyatida Sardoba suv ombori to‘g‘oni o‘pirilishidan jabrlanganlarga insonparvarlik yordamini topshirdi. Bu haqda agentlik matbuot xizmati “Gazeta.uz"ga ma’lum qildi.

Yuk tarkibidan 4130 ta shaxsiy gigiyena vositalari, birlamchi mahsulotlar va bolalar oziq-ovqat mahsulotlari o‘rin oldi. Yordam Gulistondagi markaziy omborga yetkazildi.

Eslatib o‘tamiz, 1 may kuni Sardoba suv ombori to‘g‘oni o‘pirilishi sodir bo‘lgan edi. 70 mingdan ortiq kishi evakuatsiya qilindi. Holat yuzasidan jinoiy ish ochilgan.