Moliya vazirligi cug‘urta bozoridagi joriy holat va I chorak yakunlari to‘g‘risida ma’lumot berdi.

Unga ko‘ra, mazkur sohaga oid tahliliy axborotlarni hamda sug‘urta bozoridagi joriy holat va yanvar-mart oylarining natijalari yuzasidan ma’lumotlarni keng jamoatchilikka yetkazish maqsadida, Moliya vazirligi huzuridagi Sug‘urta bozorini rivojlantirish agentligi tomonidan davra suhbati tashkillashtirildi.

Asosiy ko‘rsatkichlar

Suhbat davomida 2019 yil yakuni bo‘yicha sug‘urta mukofotlari hajmi yalpi ichki mahsulotning 0,5 foizini, aholi jon boshiga sug‘urta mukofotlari 14,7 ming so‘mni tashkil etgani ma’lum qilindi.

“Bugungi kunda O‘zbekiston sug‘urta bozorida 36 ta sug‘urtalovchi, shundan 28 tasi umumiy sug‘urta tarmog‘ida va 8 tasi hayotni sug‘urta qilish tamog‘ida, shuningdek 5 sug‘urta brokeri, 5 aktuar tashkilot hamda 22 assistans, ajaster, syurveyer kompaniyalari faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. Shuningdek, hisobot davrida sug‘urta bo‘limlari soni — 1 773 taga yetdi. Sug‘urtalovchilar shtatida 6,6 ming xodim va 8,9 mingta sug‘urta agenti faoliyat ko‘rsatmoqda”, — deyiladi xabarda.

Sug‘urta kompaniyalari ma’lumotlariga muvofiq, 2020 yil I choragi mobaynida 503,1 mlrd so‘m sug‘urta mukofoti yig‘ildi. Sug‘urtalovchilarning yalpi ustav kapitallari 782,4 mlrd so‘mга (138 foizga o‘sish) va iqtisodiyotga kiritilgan investitsiyalar hajmi 2,834 trln so‘mга (138 foizga o‘sishz) yetgan. Bunda, Investitsiyalarning 55 foizi bank depozitlariga, 30 foizi aksiyalarga va qolgan qismi boshqa qimmatli qog‘ozlarga joylashtirilgan. Amaldagi shartnomalar soni 7,0 mln. donani tashkil qildi.

Shu bilan birga, joriy yilning yanvar-mart oylari davomida jami 176,9 mlrd so‘m miqdorida sug‘urta to‘lovlari amalga oshirilgan bo‘lib, shundan 141,2 mlrd so‘m ixtiyoriy sug‘urta turlari va 35,8 mlrd so‘m majburiy sug‘urta turlari bo‘yicha to‘langan.

Shu bilan birga, suhbat chog‘ida mamlakatda sug‘urta bozori tarkibiy qismlarining nomutanosibligini ko‘rish mumkinligi aytib o‘tildi, ya’ni ixtiyoriy sug‘urta turlari 82 foizni, majburiy turlar esa 18 foizni tashkil etmoqda. Rivojlangan mamlakatlarda majburiy sug‘urtaning ulushi 50 foizdan iborat.

Sug‘urta sohasida mavjud muammolar

Ma’lum qilinishicha, O‘zbekistonda 36 ta sug‘urta kompaniyasi mavjud bo‘lib, sug‘urta bozorida jami xizmatlarning 45 foizi dastlabki 5 ta, 69 foizi esa 10 ta kompaniya ulushiga to‘g‘ri keladi. “Bu esa sug‘urta bozori salohiyatining to‘liq ishga солинмаётганиdan darak beradi”, deya ta’kidlandi.

Bundan tashqari, boshqa davlatlarda hayotni sug‘urtalash hissasi 50 foizni tashkil qilsa, O‘zbekistonda u bor yo‘g‘i 16 foizni tashkil qiladi.

“Dunyo sug‘urta bozorida sug‘urtalovchilar tomonidan 1000 dan ziyod turdagi sug‘urta xizmatlari ko‘rsatiladi va ularning 300 tasi hayotni sug‘urtalashga qaratilgan bo‘lib, ular sug‘urtalanuvchilarning talab va istaklarini inobatga olgan. Bizning mamlakatimizda esa ko‘plab turdagi, masalan, moliyaviy institutlar majburiyatlari, direktorlar va menejerlarning aksiyadorlar oldidagi majburiyatlari sug‘urtasi kabilar yo‘lga qo‘yilmagan”, deya ma’lum qilindi yig‘ilishda.

Tahlillarga ko‘ra, sug‘urta sohasida nafaqat O‘zbekiston, balki boshqa davlatlar uchun ham xos bo‘lgan qator muammolar mavjud. Xususan, sug‘urta kompaniyalari va сug‘urtaланuвчилар o‘rtasida samarali aloqalarning yo‘qligi, mijoz so‘rovlariga kechikib munosabat bildirish xizmat natijadorligining pastligi bilan izohlanadi.

Sug‘urta bozorining jug‘rofiy jihatdan yuqori konsentratsiyalashgani ham muammolardan biriligi ta’kidlandi. Ma’lum etilishicha, sug‘urta mukofotlarining asosiy ulushi — qariyb 66 foizi Toshkent shahri va Toshkent viloyati hissasiga to‘g‘ri keladi.

Hayotni sug‘urta qilish tarmog‘ida hamda majburiy sug‘urta turlari bo‘yicha amalga oshirilgan to‘lovlarni inobatga olinmaganda umumiy sug‘urta tarmog‘ida zararlilik darajasi bor yo‘g‘i 9 foizni tashkil qilganligi bu ixtiyoriy sug‘urta turlari bo‘yicha deyarli to‘lovlar bo‘lmaganligini ko‘rsatadi.

Shu bilan birga, suhbatda, deyarli barcha hayot sug‘urta kompaniyalari sug‘urta mukofotlari tushumlarining o‘tgan yilgi darajasini ham ta’minlay olmaganligi qayd etildi. Moliya vazirligiga sug‘urta kompaniyalari mijozlaridan kelib tushgan shikoyatlarning aksariyat qismi to‘lovlar yuzasidan bo‘lib, shikoyatlar vazirlik tomonidan ko‘rib chiqilgandan so‘ng sug‘urta kompaniyalari tomonidan 4,5 mlrd so‘m miqdorida sug‘urta to‘lovlari amalga oshirilgan.

Aholining aksariyat qismi sug‘urta va sug‘urta turlari haqida xabardor emasliklari, sug‘urta kompaniyalari tomonidan yildan yilga bir xil tadbirlarni amalga oshirilishi, reklama xarajatlari past darajada qolayotganligi holatni o‘zgartirish uchun yetarli emasligi ta’kidlandi.

Sug‘urta jihatidan 2020 yildagi talafotlar hisoboti

Yig‘ilishda Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo viloyatlarida kuchli shamol va yomg‘ir natijasida hamda 1 may kunida Sirdaryo viloyati “Sardoba” suv ombori to‘g‘onidan suv toshishi natijasida aholining ko‘plab uy-joylariga, issiqxonalarga, qishloq xo‘jaligiga, iqtisodiyotning ko‘plab infratuzilmalariga katta zararlar yetganligi va bunday holatda sug‘urta kompaniyalari sug‘urta to‘lovlarini qisqa muddatlarda amalga oshirishlari yuzasidan ko‘rsatmalar berildi. Shu borada amalga oshirilgan va oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida Sug‘urta bozorini rivojlantirish agentligi o‘zini hisobotini berdi.

Unga ko‘ra, Sirdaryo viloyatining Oq oltin, Mirzaobod va Sardoba tumanlarida jami 1,383 ta sug‘urta shartnomalari imzolangan bo‘lib, shulardan 839 tasi mol-mulk sug‘urtasiga to‘g‘ri kelgani ma’lum qilindi.

Tadbirkorlik sub’ektlari bilan imzolangan 365 ta sug‘urta shartnomasi imzolangan bo‘lib, zararlangan mulklar bo‘yicha 882,5 mln so‘m sug‘urta to‘lovlari qisqa muddatlarda to‘lab berildi.

Aholi bilan tuzilgan 474 ta sug‘urta shartnomalaridan 212 tasi aholi yashash uylari hisoblanadi. Ularning barchasiga zarar yetgan bo‘lib, sug‘urta kompaniyalari tomonidan sug‘urta to‘lovlarini amalga oshirish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda. Hozirgi kunga qadar 78,9 mln so‘m sug‘urta to‘lovlari aholiga to‘lab berilgan bo‘lsa, yana 2,5 mlrd so‘mлик sug‘urta to‘lovlari bo‘yicha arizalar kelib tushgan.

Shu o‘rinda, yig‘ilish ishtirokchilari aholini o‘z mol-mulkiga e’tiborliroq bo‘lishga va uni har xil ofatlardan himoya qilishga chaqirdilar. Sirdaryodagi ofat natijasida 4,351 ta uy-joylarga jiddiy shikast yetgan bo‘lsa, ta’kidlab o‘tilganidek faqatgina 212 ta uy-joy sug‘urtalangan.

Buxoro viloyatida sodir bo‘lgan tabiiy ofat oqibatida viloyatning Olot va Qorako‘l, shuningdek, Qashqadaryo, Navoiy va Samarqand viloyatlarining ayrim hududlarida ko‘plab uy-joylar, issiqxonalar va boshqa mulklar zarar ko‘rgan. Mazkur hududlarda 30 mingga yaqin sug‘urta shartnomalari imzolangan. Bugungi kunga qadar talafot yetgan sug‘urta ob’ektlari bo‘yicha 4,5 mlrd so‘m miqdoridagi sug‘urta qoplamalari to‘lab berilgan. Bu borada ishlar davom ettirilayotganligi ma’lum qilindi.