Hamroyev Mirali Muhammadjonovich Buxoro viloyati hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma'rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi, deya xabar berdi viloyat hokimligi matbuot xizmati.

Mirali Hamroyev (1983 yilda tug‘ilgan) Buxoro oziq-ovqat va yengil sanoat texnologiyasi instituti (2004), O‘zbekiston Bank-moliya akademiyasini (2007) tamomlagan. Ma’lumoti bo‘yicha mutaxassisligi — menejment, moliya.

Mehnat faoliyatini 2001 yilda Buxoro shahar hokimligi moliya bo‘limi hisobxonasi 2-toifali hisobchi-taftishchisi sifatida boshlab, Buxoro shahar hokimligi moliya bo‘limi byudjet inspeksiyasi 1-toifali iqtisodchisi (2003−2005), Buxoro shahar hokimligi moliya bo‘limi boshqaruv organlarini moliyalashtirish sektori mudiri (2005−2006), O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi tinglovchisi (2006−2007), Kogon tumani hokimligi moliya bo‘limi mudiri o‘rinbosari — xalq ta’limi muassasalarini moliyalashtirish bo‘limi boshlig‘i (2007−2009), Kogon shahar hokimligi moliya bo‘limi mudiri (2009−2012), Buxoro viloyati hokimligi iqtisodiyot bosh boshqarmasi ijtimoiy soha va turizmni rivojlantirish bo‘limi boshlig‘i (2012), Buxoro viloyati hokimligi huzuridagi yagona buyurtmachi xizmati-injiniring kompaniyasi direktorining iqtisodiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari (2012−2013), “Eriell GmbH” Avstriya, Vena kompaniyasining neft va gaz korxonalarini qurish departamenti katta hisobchisi (2013−2017), Kogon shahar hokimining iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari (2017−2018) lavozimlarida ishlagan.

2018 yildan shu vaqtgacha Buxoro viloyati Bandlik bosh boshqarmasi boshlig‘i sifatida faoliyat yuritgan.