O‘zbekistonda kun davomida 64 ta yangi COVID-19 holati qayd etilib, jami 2855 taga yetdi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar qildi.

Kasallik tasdiqlangan kishilarning 57 nafari xorijdan kelgan, 6 nafari Samarqand viloyati va 1 nafari esa poytaxtimizda oldin karantinga olingan fuqarolar orasidan aniqlandi.

Hozirda davolanayotgan bemorlar soni ko‘pligi bo‘yicha Samarqand viloyati (105 nafar bemor bilan) yetakchi o‘rinlarda turibdi. Ayni paytda mamlakatda umumiy davolanish ko‘rsatkichi 82 foizni tashkil qilmoqda.

Hududlar bo‘yicha statistika. Manba: SSV.