19 may soat 16:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 23 nafarga oshib, jami 2825 kishini tashkil qilmoqdayu Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lum qildi.

Yangidan kasalligi tasdiqlangan bemorlarning barchasi xorijdan kelib, karantinga olingan fuqarolar orasidan aniqlandi. Ularning 18 nafari 14 may kuni charter reys bilan Sankt-Peterburgdan kelgan bo‘lsa, qolgan 5 nafari xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchisi hisoblanadi.

Ayni paytda mamlakatda 2338 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar butunlay sog‘ayib, davolanish ko‘rsatkichi 82 foizni tashkil qilmoqda. Respublikaning 9 hududidagi ixtisoslashgan tibbiyot muassasalarida 474 nafar bemor davolanmoqda. Ulardan 6 nafarining ahvoli og‘ir.