Markaziy bank xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan yangi kurslarini e’lon qildi. Ushbu almashuv kurslari 19 maydan kuchga kiradi.

  • 1 AQSH dollari 7,6 so‘mga pasaydi va 10 129,5 so‘mni tashkil etmoqda.
  • 1 Yevro 33,6 so‘mga pasaydi va 10 955 so‘mni tashkil etmoqda.
  • 1 Rubl 0,7 so‘mgi pasaydi va 137,5 so‘mni tashkil etmoqda.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan hafta xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan kurslari ikki haftalik tushishdan keyin yana o‘sishni boshlagan edi. Xususan, 1 AQSH dollari 8 so‘mga qimmatlashib, 10137 so‘mga teng bo‘lgan edi.