17 may kuni taxminan soat 17:00larda Xorazm viloyatiga 15−25 m/s. tezlik bilan kuchli shamol oqimi kirib keldi.

Viloyat hokimligi matbuot xizmatining xabar qilishicha, buning natijasida korxona, tashkilot va turar joylarning tom qismlarini uchirib, pastga qulash holatlari yuz berdi.

Ushbu nohush xodisalar oqibatlarini bartaraf etish maqsadida Xorazm viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasidan 3 ta maxsus texnika va 20 nafar shaxsiy tarkib jalb etilib, zaruriy chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Ayni damda “Xorazm xududiy elektr tarmoqlari” AJ xam yuzaga kelgan avariyalarni bartaraf qilishda navbatma-navbat elektr uzilishlarini bartaraf qilishmoqda.

“Qisqa muddatda avariyalarni bartaraf qilib, elektr energiyasi yetkaziladi”, — deyiladi xabarda.