16 maydan Toshkentdagi Samarqand Darvoza savdo-ko‘ngilochar markazi o‘z faoliyatini qaytadan yo‘lga qo‘yadi. Bu haqda markaz marketing bo‘limi «Gazeta.uz»ga xabar qildi.

Savdo-ko‘ngilochar markazining 1−3-qavatlarida joylashgan butiklar, kiyim-kechak, oyoq kiyimlari, aksessuar do‘konlari va boshqalar ochiladi. Biroq bolalar maydonchasi, kinoteatr, futkord, qahvaxona va muzqaymoq kafesi yopiqligicha qoladi.

«Ishga tushishdan avval biz dezinfeksiya bo‘yicha barcha zarur choralarni amalga oshirdik, xodimlar esa shaxsiy gigiyena va COVID-19 epidemiyasi sharoitida ishlash bo‘yicha o‘qitildi», — deyiladi xabarda.