15 may soat 23:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 2686 (+4) nafarni tashkil qilmoqda, deya xabar berdi Sog‘liqni saqlash vazirligi.

Yangi holatlar

Kun davomida mamlakatda 41 yangi COVID-19 holati tasdiqlandi (kecha — 33 ta edi). Yangi aniqlangan holatlarning 5 tasida infeksiya xalqaro yuk tashuvchi haydovchilar, 5 tasi Rossiyadan, 3 nafari Qozog‘iston va 3 nafari Tojikistondan kelganlar, qolgan 25 ta holat esa avvaldan karantinga olinganlar orasida tasdiqlangan.

Yangi holatlarning 23 tasi Samarqand, 4 tasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi, 3 tasi Namangan viloyati, qolgan 11 tasi Toshkent va Sirdaryo viloyatlari hamda poytaxt xissasiga to‘g‘ri kelgan.

Bugun Sirdaryo viloyatida davolanayotgan barcha 24 nafar bemor Toshkentdagi Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklari ilmiy-tekshirish instituti klinikasiga ko‘chirib o‘tkazildi.

Sog‘ayganlar

Bir kun mobaynida O‘zbekistonda 22 kishi (kecha — 60) koronavirus infeksiyasidan to‘liq sog‘ayib, tuzalganlar soni 2158 kishiga yetdi. Hozirda mamlakatda sog‘ayish ko‘rsatkichi 80 foizni tashkil qilmoqda.

O‘zbekistonda bugungi kunda 517 nafar bemor davolanmoqda.

Hududlar bo‘yicha COVID-19 statistikasi

  • Qoraqalpog‘iston — 124 ta holat (+4), 112 bemor sog‘aygan (+2), 12 bemor qolgan;
  • Andijon viloyatida — 170 ta holat, 162 bemor sog‘aygan, 8 nafar qolgan;
  • Buxoro viloyatida — 440 ta holat, 433 bemor sog‘aygan, 7 bemor qolgan;
  • Jizzax viloyatida — 3 ta holat, 3 bemor sog‘aygan;
  • Qashqadaryo viloyatida — 6 ta holat, 6 bemor sog‘aygan;
  • Navoiy viloyatida — 19 ta holat, 2 bemor sog‘aygan, 17 bemor qolgan;
  • Namangan viloyatida — 250 ta holat (+3), 207 bemor sog‘aygan (+5, 4 ta o‘lim), 45 bemor qolgan;
  • Samarqand viloyatida — 242 ta holat (+28), 144 bemor sog‘aygan (+15, 1 ta o‘lim), 84 bemor qolgan;
  • Sirdaryo viloyatida — barcha bemorlar Toshkent shahriga o‘tkazildi;
  • Surxondaryo viloyatida — 44 ta holat, 40 bemor sog‘aygan, 4 bemor qolgan;
  • Farg‘ona viloyatida — 158 ta holat, 157 nafari sog‘aygan (1 ta o‘lim);
  • Xorazm viloyatida — 233 ta holat, 210 bemor sog‘aygan, 23 bemor qolgan;
  • Toshkent, Sirdaryo viloyati va Toshkent shahri — 997 ta holat, 682 bemor sog‘aygan (5 ta o‘lim), 315 bemor qolgan.