16 may soat 23:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 2738 (+19) nafarni tashkil qilmoqda, deya xabar qildi Sog‘liqni saqlash vazirligi.

Kun davomida mamlakatda 52 ta yangi koronavirus holati qayd etildi (kecha — 41 edi). Jumladan, yangi kasallanish holatlarining 17 nafari xorijdan kelgan fuqarolarda aniqlangan. Ulardan 12 nafari Tojikistondan kelgan bo‘lsa, 4 nafari Moskva-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha charter reysi bilan olib kelingan. Shuningdek, kasallik 3 nafar oldindan karantinda bo‘lgan namanganlik fuqarolarda aniqlangan.

Yangi holatlarning 26 tasi Toshkent, Sirdaryo viloyatlari va poytaxtdan aniqlangan bo‘lsa, 19 ta holat Samarqand viloyatida qayd etilgan. Shuningdek, Navoiyda 4 ta, Namanganda 3 ta yangi COVID-19 holati aniqlangan.

Shu bilan birga, bugun 55 nafar (kecha — 22 kishi edi) bemor tuzalib, ayni paytga qadar mamlakat bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan butunlay sog‘ayganlar soni 2213 nafarga yetdi. Tibbiyot muassasalarida 514 koronavirus bemori davolanmoqda.

Hududlar bo‘yicha COVID-19 statistikasi

  • Qoraqalpog‘iston — 124 ta holat, 112 bemor sog‘aygan, 12 bemor qolgan;
  • Andijon viloyatida — 170 ta holat, 162 bemor sog‘aygan, 8 nafar qolgan;
  • Buxoro viloyatida — 440 ta holat, 433 bemor sog‘aygan, 7 bemor qolgan;
  • Jizzax viloyatida — 3 ta holat, 3 bemor sog‘aygan;
  • Qashqadaryo viloyatida — 6 ta holat, 6 bemor sog‘aygan;
  • Navoiy viloyatida — 23 ta holat (+4), 2 bemor sog‘aygan, 21 bemor qolgan;
  • Namangan viloyatida — 253 ta holat (+3), 207 bemor sog‘aygan (4 ta o‘lim), 48 bemor qolgan;
  • Samarqand viloyatida — 242 ta holat (+19), 154 bemor sog‘aygan (+10, 1 ta o‘lim), 87 bemor qolgan;
  • Sirdaryo viloyatida — barcha bemorlar Toshkent shahriga o‘tkazilgan;
  • Surxondaryo viloyatida — 44 ta holat, 40 bemor sog‘aygan, 4 bemor qolgan;
  • Farg‘ona viloyatida — 158 ta holat, 157 nafari sog‘aygan (1 ta o‘lim);
  • Xorazm viloyatida — 233 ta holat, 228 bemor sog‘aygan (+18), 23 bemor qolgan;
  • Toshkent, Sirdaryo viloyati va Toshkent shahri — 1023 ta holat (+26), 709 bemor sog‘aygan (+27, 5 ta o‘lim), 309 bemor qolgan.