16 may soat 16:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 2719 nafarni tashkil qilmoqda. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar qildi.

Kun davomida aniqlangan COVID-19 holatlari 33 taga yetdi. Koronavirus infeksiyasidan sog‘ayganlar soni hozirda 2195 kishini tashkil etmoqda. O‘n bir kishi hayotdan ko‘z yumgan.

Avvalroq soat 10:00ga qadar koronavirus holatlari soni 5 taga ortib, jami 2691 taga yetgan edi. Bosh davlat sanitariya inspektori Nurmat Otabekov so‘zlariga ko‘ra, hozirgi vaqtga kelib, 48 mingdan ortiq fuqaro karantin muddatlarini o‘tayapti. Ularning 16 mingdan ortiqrog‘i statsionar sharoitida, 32 mingdan ortiqrog‘i uy sharoitida karantin tadbirlari bilan qamrab olingan.

Shuningdek, Respublikadagi mavjud virusologik laboratoriyalarda 474 mingtadan ortiq test sinovlari o‘tkazildi. Kechagi kunning o‘zida 15 mingdan ko‘proq virusologik tekshirishlar o‘tkazildi, dedi Nurmat Otabekov.