Sirdaryo viloyatining Sardoba, Mirzaobod, Oq oltin tumanlarida aholining uy-joylarini buzilishiga va mol-mulklaridan ayrilishiga olib kelgan tabiiy ofat oqibatida mazkur hududlarda jabr ko‘rgan oilalarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida O‘zbekinvest kompaniyasi 150 mln so‘mlik xayriya yordamini yo‘lladi.

Shuningdek, O‘zbekinvest kompaniyasi uy-joylarini yo‘qotgan va vaqtincha maktab hamda bolalar bog‘chalarida joylashtirilgan aholiga doridarmon, shaxsiy gigiyena vositalari, ichimlik suvi va boshqa zarur vositalarni o‘z ichiga olgan insonparvarlik yukini jo‘natdi.


Hozirgi kunda O‘zbekinvest kompaniyasi fuqarolarning kompaniyada sug‘urtalangan mol-mulklariga yetkazilgan zararlar miqdorlarini baholash va to‘lash ishlariga faol kirishdi hamda arizalar kelgandan boshlab ikki kun ichida 120,5 mln so‘m miqdoridagi zararni kompaniyaning Mirzaobod tumanidagi birinchi mijozlariga qoplab berdi.

Shu bilan birga, kompaniya mutaxassislari sertifikatlangan baholovchilar bilan birgalikda qisqa vaqt ichida zararlarni ko‘rib chiqish, ularning miqdorlarini aniqlash va aziyat chekkan oilalarga sug‘urta qoplamalarini to‘lab berish ishlarini yakunlashni rejalashtirishmoqda. Ushbu maqsadlar uchun kompaniyada 5 mlrd so‘m miqdorida zahira shakllantirilgan.

Reklama huquqi asosida.