Bu yilgi bahor mavsumi jala, do‘l, sel, kuchli shamol kabi tabiiy ofatlarga boy bo‘ldi. Bunday tabiiy ofatlardan asosan qishloq xo‘jaligi jiddiy zarar ko‘radi. Jumladan, ular oqibatida ekinlar butkul payhon bo‘ladi yoxud hosildorlik kamayadi. Turli hasharotlarning ko‘payishi ham qishloq xo‘jaligi ekinlari hosiliga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.

Shu kabi holatlardan kelib chiqqan holda «O‘zagrosug‘urta» kompaniyasi butun respublika bo‘ylab barcha filial, bo‘linma va sug‘urta markazlarida xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish, aniqlangan sug‘urta holatlari yuzasidan to‘lovlarning o‘z vaqtida to‘lanishini tashkil etishda mas’uliyat hamda nazoratni kuchaytirdi. Ayniqsa, tabiiy ofat yuz bergan hududlarda ishchi guruhlar faoliyati samaradorligi oshirilgan.

«O‘zagrosug‘urta» aksiyadorlik jamiyati karantin davrida umumiy hisobda 4 milliard so‘mdan oshiq sug‘urta tovonini to‘ladi. Shundan 2,5 milliardдан ortiq to‘lov Buxorodagi kuchli shamol natijasida garovga qo‘yilgan mol-mulk va qishloq xo‘jaligi sohasiga yetgan zarar hisoblanadi.


Bundan tashqari, bugun shaxsan Davlatimiz rahbari tomonidan nazoratga olingan Sardoba suv ombori falokati oqibatlarini bartaraf etishda Hukumat komissiyasiga hammohang ravishda «O‘zagrosug‘urta» AJ mas’ullari ham chetda qolgani yo‘q. Ular bevosita voqea joyida holatni o‘rgandi va tezkor ishchi guruhi tuzildi. Ayni paytda viloyatning eng ko‘p zarar ko‘rgan Oqoltin, Mirzaobod va Sardoba tumanlarida yetkazilgan zarar miqdorini aniqlash chora-tadbirlari ko‘rilmoqda. Hozircha tadbirkorlar va aholining baliqchilik bo‘yicha ko‘rilgan zararlari uchun 100 million so‘mdan oshiq tovon to‘lab berilishi nazarda tutilmoqda.


Ayni paytda, «O‘zagrosug‘urta» AJ ishchi guruhi suv toshqinidan zarar yetgan hududlar bo‘yicha olingan sug‘urta majburiyatlari, aholining garovga qo‘yilgan mol-mulki va qishloq xo‘jaligi ekinlari miqdori bo‘yicha yakuniy xulosalar tayyorlamoqda.

Navoiy viloyatidagi sel kelishi bo‘yicha ham «O‘zagrosug‘urta» AJ tomonidan tezkor ishchi guruh tuzilib, ko‘rilgan zararni qoplash maqsadida dastlab 30 million mablag‘ ajratildi. Shu bilan birgalikda, Jamiyatga kelib tushayotgan barcha murojaatlar o‘rganilib, tegishli choralar ko‘rilmoqda.

Qayd etish joizki, sug‘urta sohasida kutilmagan xatarlar hisobiga manfaat ko‘rish ancha mushkul. Ushbu moliyaviy xizmatdan daromad olish uchun katta matematik hisob-kitoblar yoki tajribaning o‘zi kamlik qiladi. Bunda asosiy talab ko‘p jihatdan tabiatning kutilmagan injiqliklari va boshqa ko‘ngilsiz hodisalarga tayyor turishdir.

Reklama huquqi asosida.