Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, 14 may soat 23:00 holatida O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 2645 nafarni tashkil qilmoqda.

Kun davomida 33 ta yangi COVID-19 holati aniqlandi (kecha — 65 ta edi). Xususan, koronavirus holatlari Toshkent shahri va poytaxt viloyati — 22 ta, Samarqand— 5 ta, Navoiy va Sirdaryo — 2 tadan, Andijon va Namangan — 1 tadan aniqlandi.

Yangi kasallanish holatlarining 12 tasida bemorlar xorijdan kelib karantingan olingan bo‘lsa, qolgan 21 nafari karantin muassasalarida kuzatuvda bo‘lgan fuqarolar orasida aniqlandi. Xususan, xorijdan kelib kasallanish qayd etilgan fuqarolarning 10 nafari xalqaro yuk tashuvchi haydovchilar, 2 nafari Qozog‘istondan, 1 nafari Tojikistondan kelgan.

Kun davomida jami 60 nafar bemor tuzalib, ayni paytga qadar mamlakat bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan butunlay sog‘ayganlar soni 2136 nafarga yetdi. Davolanish ko‘rsatkichi — 80 foiz. Jumladan, Farg‘ona viloyatida koronavirus infeksiyasiga chalingan 157 nafar bemorning barchasi butunlay sog‘aydi. Hozirda respublika bo‘yicha 498 nafar bemor davolanmoqda.

Hududlar bo‘yicha COVID-19 statistikasi

  • Qoraqalpog‘iston — 120 ta holat, 110 bemor sog‘aygan, 10 bemor qolgan;
  • Andijon viloyatida — 170 ta holat (+1), 162 bemor sog‘aygan, 8 nafar qolgan;
  • Buxoro viloyatida — 440 ta holat, 433 bemor sog‘aygan, 7 bemor qolgan;
  • Jizzax viloyatida — 3 ta holat, 3 bemor sog‘aygan;
  • Qashqadaryo viloyatida — 6 ta holat, 6 bemor sog‘aygan;
  • Navoiy viloyatida — 19 ta holat (+2), 2 bemor sog‘aygan, 17 bemor qolgan;
  • Namangan viloyatida — 247 ta holat (+1), 202 bemor sog‘aygan (4 ta o‘lim), 45 bemor qolgan;
  • Samarqand viloyatida — 214 ta holat (+5), 129 bemor sog‘aygan (+26, 1 ta o‘lim), 111 bemor qolgan;
  • Sirdaryo viloyatida — 35 ta (+2) holat, 14 bemor sog‘aygan, 19 bemor qolgan;
  • Surxondaryo viloyatida — 44 ta holat, 40 bemor sog‘aygan, 4 bemor qolgan;
  • Farg‘ona viloyatida — 158 ta holat, 157 nafari sog‘aygan (+1, 1 ta o‘lim);
  • Xorazm viloyatida — 233 ta holat, 210 bemor sog‘aygan, 23 bemor qolgan;
  • Toshkent viloyati va Toshkent shahri — 951 ta holat (+22), 668 bemor sog‘aygan (+33, 5 ta o‘lim), 283 bemor qolgan.