Jahon banki koronavirusga qarshi kurash chora-tadbirlarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida Markaziy Osiyo davlatlariga 370 mln dollar ajratdi. Mablag‘lar favqulodda javob berish global dasturi doirasida ajratilgan, shuningdek JB moliyalashtirishi asosida amalga oshirilayotgan loyihalardan qayta yo‘naltirilgan, deya xabar berdi bank matbuot xizmati.

Jahon bankining yordami milliy sog‘liqni saqlash tizimi va birinchi tibbiy yordam samaradorligini oshirish, epidemiologik monitoringni yaxshilash, yuqumli kasalliklarga chalingan bemorlar bilan ishlaydigan tibbiyot xodimlarini tayyorlash kabi keng ko‘lamdagi tadbirlarni amalga oshirishda qo‘l kelishi kutilmoqda.

Ajratilgan pul mablag‘lari muhim tibbiy uskunalar, ya’ni test tizimlari, laborator reagentlar, reanimatsiya bo‘limlari uchun uskunalar, hamda tibbiyot xodimlarini uchun shaxsiy himoya vositalarini xarid qilish uchun ham ishlatiladi.

Bundan tashqari, Markaziy Osiyo davlatlarining ustuvor yo‘nalishlaridan kelib chiqqan holda, moliyalashtirish ehtiyojmand aholi qatlamlarini ijtimoiy himoya qilish bo‘yicha dasturlarni kengaytirish, masofaviy ta’lim tizimini yo‘lga qo‘yish va pandemiya oqibatlarini yumshatish bo‘yicha boshqa vazifalarni amalga oshirishda ko‘mak beradi.

“COVID-19 pandemiyasi tufayli jahon iqtisodiyoti misli ko‘rilmagan inqirozga guvoh bo‘lmoqda. Aniqrog‘i, biz Ikkinchi jahon urushidan buyon eng og‘ir iqtisodiy inqiroz arafasida turibmiz”, — deya ta’kidladi JBning Markaziy Osiyodagi yetakchi iqtisodchisi Ivaylo Izvorski. — “COVID-19 ning oqibatlarini yumshtaish uchun mintaqa davlatlari tezkor harakatlanishlari kerak. Bunda inqirozdan chiqish jarayonini rejalashtirish va iqtisodiy o‘sishni tiklash bo‘yicha aniq choralar hamda tizimli islohotlarni aniqlashdan boshlash lozim.

14 may holatiga ko‘ra JBning Markaziy Osiyodagi COVID-19 oqibatlarini yumshatish bo‘yicha quyidagi loyihalar amalga oshirilmoqda:

O‘zbekiston

Sog‘liqni saqlash milliy tizimini yaxshilash, hamda pandemiya oqibatida kelib chiqqan iqtisodiy inqirozdan a’ziyat chekayotgan ehtiyojmand aholi qatlamlarini qo‘llab-quvvtalash yo‘nailishga 95 mln dollar ajratiladi.

Bundan tashqari, JB davlat byudjetiga soliq tushumlari sezilarli darajada kamayganligi va iniqrozga qarshi hukumat dasturi doirasidagi xarajatlarning o‘sayotgan bir paytda, davlat byudjetini ta’minlash maqsadida 200 mln dollar ajratgan.

O‘zbekistonda tezkor tibbiy yordam tizimini yaxshilash dasturi doirasida 17 mln dollar ajratilgan. Ushbu dastur doirasida o‘pkani sun’iy nafas oldirish uskunalari, rentgen-apparatlar, infuzion nasoslar, test tizimlari, yuqumli kasalliklarga chalingan bemorlar salomatlagini monitoring qilish bo‘yicha uskunalar va boshqalar xarid qilinadi.

O‘zbekistonga eng ko‘p moliyalishtirish ko‘rsatilganligi, mamlakatdagi JBning portfeli Markaziy Osiyosidagi eng katta portfel hisoblanadi — 23 ta loyihaga 4,44 mlrd dollar.

Qozog‘iston

Ijtimoiy tibbiy sug‘urtalash dasturini restrukturizatsiya qilish doirasida 236 ta IVL apparatlarini sotib olish uchun 10 mln dollar ajratilgan. Qo‘shimcha sifatida, yana 123 ta IVL apparatlari hamda boshqa tibbiy uskunalarni sotib olishga 17 mln dollar ajratilmoqda.

Tojikiston

Mamlakatga 11,3 mln dollar ajratilgan. Ushbu mablag‘ aholiga tezkor yordam ko‘rsatish bo‘yicha imkoniyatlarni kengaytirishga yo‘naltiriladi. Mablag‘lar reanimatsiya bo‘limlari uchun tibbiyot uskunalari, tibbiyot xodimlari uchun shaxsiy himoya vositalari, test tizimlari va laborator reagentlarni sotib olishga, hamda reanimatsiya xodimlarini o‘qitish va COVID-19 profilaktikasi maqsadidagi axborot tadbirlariga yo‘naltiriladi.

Qirg‘iziston

Qirg‘iziston Respublikasi kerakli tibbiyot jihozlari, tibbiy yordam moshinalari, favqlodda vaziyatlarga tezkor javob beradigan guruhlar uchun mobil qurilmalar va tibbiyot xodimlari uchun shaxsiy himoya vositalarini xarid qilish uchun 21 mn dollar ko‘mak olgan.