«Navoiy» EIZ «Navoiy — motors» O‘zbekiston-Eron qo‘shma korxonasi barpo etiladi, deya xabar qildi O‘zA. Umumiy qiymati 12 million dollarga teng bo‘lgan ushbu loyiha doirasida Xitoyning Oshan brendi ostida ishlab chiqarilayotgan avtomobillarni yig‘ish va ichki bozorga chiqarish rejalashtirilmoqda.

«Dastlab, ichki bozor uchun zamonaviy yo‘ltanlamas, pikap, miniven kabi kuzovli avtomobillar yig‘ishni yo‘lga qo‘yamiz, — deydi korxona bosh texnologi Afshin Shakeri. — Yiliga 30 ming dona avtoulov ishlab chiqarish quvvatiga ega korxonamizda 200 nafardan ortiq yangi ish o‘rinlari yaratiladi».


Oshan Cosmos yo‘ltanlamasi.

Ayni paytda korxona qurilishi davom etmoqda. Jumladan, sement, o‘lchov, tuproq ishlari olib borilayapti.

Ma’lumot uchun, «Navoiy» EIZda bugungi kunda Janubiy Koreya, Xitoy, Hindiston, BAA, Singapur, Italiya, Buyuk Britaniya kabi davlatlar bilan hamkorlikda 30 ga yaqin korxonalarda 25 dan ortiq loyihalar faoliyati yo‘lga qo‘yilgan. Istiqbolda esa, ushbu loyihalarni 78 taga yetkazish rejalashtirilgan.