Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi Prezidiumining qarori bilan Xamrayev Atadjan Karimovich Sog‘liqni saqlash vaziri etib tayinlandi. Bu haqda Qoraqalpog‘iston Vazirlar kengashi axborot xizmati xabar berdi.

Atadjan Xamrayev hozirga qadar Jo‘qorg‘i kenges raisining o‘rinbosari sifatida faoliyati yuritib kelayotgan edi.

Mutaxassisligi bo‘yicha shifokor-terapevt bo‘lgan Xamrayev, tibbiyot fanlari doktori hisobalanadi.