13 may kuni soat 17:15dan 21:30 ga qadar Bo‘stonliq tumani tog‘ oldi hududlarida kuchli yomg‘ir va sel kelishi kuzatildi. Bu haqda Toshkent viloyati hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Natijada tumandagi “Qoramozor” MFY hududidagi ichki yo‘lida sel kelishi, “Parkent kanali” PK-54 qismiga suv to‘planib toshishi, “Dumaloq”, “Tovoqsoy”, “Xondaylik”, “Iskandar”, “Qo‘shqo‘rg‘on” MFY ichki ko‘chalari va bir nechta aholi xonadonlariga yog‘ingarchilik suvlari to‘planishi kuzatilganligi aytilmoqda.


Sel kelishi vaqtida bartaraf etilgan. Aholi xavfsizligini ta’minlash va himoya tadbirlari maqsadida jami 189 nafar ishchi xodim, 26 ta muhandislik texnikalari jalb etildi. Viloyat FVB tomonidan 14 ta maxsus texnika va 44 ta qutqaruvchi jalb etilgan.

Sel kelishi oqibatida aholi orasida tan jarohati olganlar to‘g‘risida xabar kelib tushmagan, deyiladi hokimiyat matbuot xizmati xabarida.