13 may kuni taxminan soat 02:30dan 04:30 gacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida Navoiy viloyati Zarafshon shahrida kuchli yog‘ingarchilik sababli sel kelishi kuzatilgan. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi axborot xizmati xabar berdi.

Birlamchi ma’lumotlarga ko‘ra, sel oqibatida 4 xonadon qisman zarar ko‘rgan.

Sel oqibatlarini bartaraf etish uchun Navoiy viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining 9 ta texnikasi va 70 nafar shaxsiy tarkibi zudlik bilan voqea joyiga yetib borib, 300 nafar fuqaroni xavfsiz hududga evakuatsiya qildi.