Uxandagi COVID-19 tezkor shtab-kvartirasi shaharning barcha aholisini koronavirus infeksiyasiga qayta tekshirishga buyurdi, deya xabar beradi RIA Novosti The Paper nashriga tayanib.

Ma’lumotga ko‘ra, Uxan shahrining doimiy aholisi 11 mln kishini tashkil etadi. Koronavirus infeksiyasini aniqlash tahlillarini 10 kun ichida yakunlash rejalashtirilgan.

Ommaviy tahlillar to‘g‘risida qaror 9 may kuni yangi koronavirusga chalingan infeksiyalar aniqlangandan keyin qabul qilindi. Qayd etilgan barcha holatlar mahalliydir, 16 asimptomatik infeksiya tashuvchilardan 5 nafarida kasallikning klinik belgilari kuzatilgan.

Bemorlar Uxan shahrining Dunsiixu tumanidan bo‘lgani uchun, mazkur tumanda epidemiologik tahdid darajasi pastdan o‘rta darajaga ko‘tarildi.

Ma’lumot uchun, Uxan shahrida 4 apreldan bitta ham bemor qayd etilmagan edi va 8 aprel kunidan shaharda karantin tugatilgan edi.