Navoiy viloyati hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma'rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari etib Dushanov Yashin Ravshanovich tayinlandi. Bu haqda Navoiy viloyati hokmiyati xabar berdi.

Tayinlovga qadar Yashin Dushanov Navoiy viloyat hokimligi yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma'rifiy ishlar bo‘yicha kotibiyati mudiri lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.

Ma’lumot uchun, Ya.Dushanov 1979 yil Navbahor tumanida tug‘ilgan. Ma’lumoti oliy. 2003 yilda Toshkent davlat yuridik institutini, 2011 yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasini tamomlagan. Ish faoliyati davomida bir qator davlat organlarida, jumladan, Navoiy viloyati adliya boshqarmasi hamda viloyat hokimligida mas’ul lavozimlarda ishlagan. Shuningdek, 2013−2016 yillarda Davlat raqobat qo‘mitasi Navoiy viloyati hududiy boshqarmasi boshlig‘i lavozimlarida ishlagan. Oilali, ikki nafar farzandi bor.