Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (YeTTB) 2020-yilda koronavirus pandemiyasi tufayli yuzaga kelgan iqtisodiy inqirozga qaramay, O‘zbekistonda YAIMning 1,5 foizga o‘sishi kutilmoqda. Bu haqda “Gazeta.uz"ga bankning mamlakatdagi vakolatxonasi matbuot xizmati xabar berdi.

Ekspertlar fikricha, O‘zbekistonda koronavirusning oldini olish bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar va eksport hajmining kamayishi tufayli mamlakat iqtisodiyotining o‘sish sur’atlari sezilarli pasayadi. Shu bilan birga, bank 2021-yilda mamlakatda eksportning tiklanishi va ichki talabning o‘sishi sharoitida YAIMning 6.5 foiz o‘sishini prognoz qilmoqda.

Inqirozga qadar davrda kuzatilgan xususiy sektorni kreditlashning tezkor kengayishi ijtimoiy masofalanish uzoq davom etgan taqdirda, zaiflik manbasiga aylanishi, bu esa bank tizimi barqarorligi uchun salbiy oqibatlarni keltirib chiqarishi mumkin, deyiladi hisobotda.

Mutaxassislar fikriga ko‘ra, O‘zbekiston yalpi ichki mahsulotning qariyb 8 foizini tashkil etadigan Rossiyadan pul o‘tkazmalar hajmi pasayishi kutilmoqda. Bunda, koronavirus pandemiyasi bilan bog‘liq uzilishlar turizm va mehmonxona sektorlari juda katta zarar yetkazadi.

Hisobotda ta’kidlanishicha, O‘zbekistondan eksport qilinadigan tovarlarning asosiy yo‘nalishi Xitoy bozori bo‘lishiga qaramay, Xitoy mamlakat eksportining atigi 14 foizini tashkil qiladi va bu, o‘z o‘rnida, umumiy eksport tarkibi boshqa Markaziy Osiyo mamlakatlariga nisbatan mahsulot va bozor nuqtai nazaridan ko‘proq diversifikatsiyalangan.

ETTB prognozlariga ko‘ra, tovar narxlarining pasayishi va pul o‘tkazmalarining qisqarishi sababli Markaziy Osiyo davlatlarining iqtisodiyoti bu yil 1,2 foizga pasayadi va 2021 yilda esa 5,8 foizga o‘sishini kutilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Jahon banki O‘zbekiston iqtisodiyotining o‘sish darajasi 1,6 foizni, Xalqaro valyuta jamg‘armasi 1,8 foizni va Osiyo taraqqiyot banki esa 4,7 foizni tashkil etishini prognoz qilgandi. O‘zbekiston Markaziy banki koronavirus pandemiyasi sababli 2020-yilda mamlakat yalpi ichki maxsulotining o‘sish sur’atlari ko‘zlangan 5,2−5,5 foizdan 1,5−2,5 foizgacha pasayishini kutayotgani haqida xabar bergandi.