13 may soat 18:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 2596 (+28) nafarni tashkil qilmoqda, deya xabar qildi Sog‘liqni saqlash vazirligi.

Bugun kun davomida qayd etilgan 49 nafar yangidan kasallanish holatlarining 22 nafari xorijdan kelib, karantinga olingan, qolgan 27 nafari ham oldindan karantin muassasalarida kuzatuvda bo‘lgan fuqarolar orasidan aniqlandi.

Ayni paytda mamlakatda davolanish ko‘rsatkichi 79 foizni tashkil qilmoqda. Qolgan barcha bemorlarga shifokorlar tomonidan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.