13 may soat 10:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 2568 nafarni tashkil qilmoqda. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar qildi.

Mы’lum qilinishicha, yangidan kasallanish holatlarining 15 nafari xorijdan kelib, karantinga olingan, qolgan 6 nafari ham oldindan karantin muassasalarida kuzatuvda bo‘lgan fuqarolar orasidan aniqlandi.

Bosh davlat sanitariya inspektori Nurmat Otabekov so‘zlariga ko‘ra, hozirda Respublika bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan 518 kishi davolanmoqda, 12 nafarining ahvoli og‘ir, deb baholanmoqda.

Koronavirus infeksiyasidan sog‘ayganlar soni hozirda 2040 kishini tashkil etmoqda. O‘n kishi hayotdan ko‘z yumgan.