Rossiya prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov koronavirus bilan kasallanganligi aniqlanganligi haqida RIA Novosti xabar bermoqda.

U hozirda shifoxonada ekanligini ma’lum qilgan. Peskovning TASS agentligiga ma’lum qilishicha, u Vladimir Putin bilan oxirgi marta 1 oy oldin ko‘rishgan.

Peskovning rafiqasi Tatyana Navkada ham koronavirus aniqlanganligi aytilmoqda.

Navkaning ma’lum qilishicha, uning ahvoli hozir yaxshilangan. «Biz hozir shifoxonadamiz. Oilamizni xavfga qoldirmaslik uchun ham shifoxonaga yotishga qaror qildik», deya izoh bergan u.

Oldinroq Rossiya bosh vaziri Mixail Mishustin ham koronavirus bilan kasallanganligi haqida xabar bergan edik.