O‘zbekistonda tasdiqlangan koronavirus holatlari soni 2547 taга, ushbu infeksiyadan sog‘ayganlar esa 2040 нафарга yetdi. Ayni paytda sog‘aygan va vafot etganlardan tashqari, jami 497 bemor davolanmoqda.

Kun davomida 61 ta yangi COVID-19 holati qayd etildi. Bu ko‘rsatkich bir kun muqaddam 68 tani tashkil etgan edi.

Ayni paytda 42 mingdan ortiq fuqaro karantin muddatlarini o‘tayapti. Ularning 13 mingdan ortiqrog‘i statsionar sharoitida, qolgan 29 ming nafari uy sharoitida karantin tadbirlari bilan qamrab olingan.

13 may 06:00 dan boshlab Samarqandda karantin qoidalari kuchaytirilishi e’lon qilindi. Unga ko‘ra, shaharda stikersiz avtomobil boshqarish taqiqlanadi. Faqatgina oziq-ovqat do‘konlari, dehqon bozorlari va dorixonalarning faoliyat ko‘rsatilishiga ruxsat beriladi.

Shuningdek, 13 maydan 24 mayga qadar fuqarolarni xorijdan olib kelish bo‘yicha charter reyslar tashkillashtirishi ma’lum bo‘ldi. Ushbu reyslar Istanbul, Sankt-Peterburg, Dehli, Rostov-Don, Qozon, Moskva, London, Novosibirsk va Sharja shaharlaridan amalga oshiriladi.

“Farhod” bozorida koronavirusga gumon qilingan fuqaroda kasallik aniqlanmadi. Shu kunlarda bozorda dezinfeksiya ishlari amalga oshirilmoqda va ularning yakuniga ko‘ra bozor ishga tushishi rejalashtirilgan.