12 may soat 10:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 2509 nafarni tashkil qilmoqda. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar qildi.

Bosh davlat sanitariya inspektori Nurmat Otabekov so‘zlariga ko‘ra, hozirda Respublika bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan 511 kishi davolanmoqda, 6 nafarining ahvoli og‘ir, deb baholanmoqda.

Shuningdek, ayni paytda 42 mingdan ortiq fuqaro karantin muddatlarini o‘tayapti. Ularning 13 mingdan ortiqrog‘i statsionar sharoitida, qolgan 29 ming nafari uy sharoitida karantin tadbirlari bilan qamrab olingan, dedi Nurmat Otabekov.

Koronavirus infeksiyasidan sog‘ayganlar soni hozirda 1988 kishini tashkil etmoqda. O‘n kishi hayotdan ko‘z yumgan.