Toshkent shahrida 12 nafar, Surxondaryo va Andijon viloyatlarida 4 nafar, Namanganda 2 nafar koronavirus bemori tuzaldi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.

Barcha tuzalgan bemorlar reabilitatsiyaga kuzatilgan.

Poytaxtdagi Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasidan sog‘ayganlarning 5 nafari Toshkent shahridan, 1 nafari Andijon viloyatidan. Ulardan 4 nafari koronavirus infeksiyasiga chalinganlar bilan muloqot orqali kasallikni yuqtirib olgan. 1 nafari Rossiyadan, yana 1 nafari Tojikistondan kelgan va karantinga olingan. Koronavirus aniqlangach, klinikaga yotqizilgan. Bemorlardan 5 nafari erkak, 1 nafari ayol. Ular orasida eng yoshi kattasi 72 yoshda bo‘lsa, eng yoshi 4 yoshda.

Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekshirish instituti klinikasida tuzalganlarning 5 nafari erkak, 1 nafari ayol bo‘lib, 1 nafari Rossiyadan, 3 nafari Qozog‘istondan, yana bir nafari esa Dubay-Toshkent charter reysi bilan kelgan va karantinga olingan. Koronavirus aniqlangach, klinikaga yotqizilgan. Qolgan 1 nafari esa koronavirus infeksiyasiga chalinganlar bilan muloqot orqali kasallikni yuqtirib olgan. Hududlar kesimida, ular Toshkent, Sirdaryo, Samarqand, Farg‘ona viloyatlari va Toshkent shahri, shuningdek, Tojikiston Respublikasidan 1 nafardan fuqaroni tashkil qiladi. Ular orasida eng yoshi kattasi 47 yoshda bo‘lsa, eng yoshi kichigi 26 yoshda.

Toshkent shahrida shu paytga qadar sog‘ayganlar 628 nafar yetdi.

Surxondaryoda tuzalganlarning 3 nafari ham (49 yoshli erkak Jarqo‘rg‘on tumanidan, 33 yoshli erkak Angor tumanidan, yana bir 64 yoshli erkak) ushbu viloyatdan bo‘lib, koronavirus infeksiyasiga chalinganlar bilan muloqot orqali kasallikni yuqtirib olgan. Yana 1 nafari (43 yoshli erkak) esa Samarqand viloyatidan bo‘lib, uzoq masofaga qatnovchi avtomashina haydovchisi. U Rossiyadan Tojikiston orqali Surxondaryoga kirib kelgan va karantinga olingan, koronavirus infeksiyasi aniqlangach, shifoxonaga yotqizilgan.

Viloyatda shu paytga qadar sog‘ayganlar 40 nafarga yetdi.

Andijonda darddan forig‘ bo‘lganlarning 2 nafari erkak, 2 nafari ayol bo‘lib, barchasi ushbu viloyatdan. Bemorlarning hammasi koronavirus infeksiyasiga chalinganlar bilan muloqot orqali kasallikni yuqtirib olishgan. Ular orasida eng yoshi kattasi 66 yoshda bo‘lsa, eng yoshi kichigi 2018 yil tug‘ilgan. Viloyatda shu paytga qadar 162 nafar bemor tuzaldi.

Namanganda sog‘ayganlarning 2 nafari ham ushbu viloyatdan (54 yoshli erkak Namangan tumanidan, 72 yoshli erkak Namangan shahridan). Ular koronavirus infeksiyasiga chalinganlar bilan muloqot orqali kasallikni yuqtirib olishgan. Endilikda viloyatda tuzalganlar 197 nafarni tashkil etmoqda.

Hozirda mamlakat bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan butunlay sog‘ayganlar 2010 nafarni tashkil etmoqda.