O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev topshirig‘iga binoan 8−10 may kunlari Dubay, Minsk, Seul va Dehlidan 800 dan ortiq fuqaro charter reyslar orqali mamlakatga olib kelindi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar qildi.

11 may kuni Frankfurtdan charter reys orqali 168 nafar fuqaroning kelishi kutilmoqda.

Respublika maxsus komissiyasi tomonidan O‘zbekiston fuqarolarini boshqa davlatlardan vatanga qaytarish uchun aviareyslar tashkil etish bo‘yicha ish olib borilmoqda, deyiladi xabarda.

O‘zbekiston fuqarolari qaytib kelgandan keyin 14 kunlik karantinga joylashtiriladi.

Eslatib o‘tamiz, prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Rossiya, Turkiya, BAA, Hindiston va boshqa davlatlardan 11 mingdan ziyod fuqarolarni qaytarishni rejalashtirayotgani haqida ma’lum qilgan edi.