Janubiy Кореяда kun davomida 35 ta koronavirusga chalinish holati qayd etilib, oxirgi oydagi rekord ko‘rsatkich kuzatildi, deya xabar berdi RIA Novosti. Mamlakatda jami kasallanganlar soni 10,9 mingga qadar ko‘tarilib, 9632 kishi sog‘aydi.

Yangi holatlar lokal xarakterga ega bo‘lib, keyinroq COVID-19 tasdiqlangan 29 yoshli fuqaro 1 va 2 ay kunlari Seulning Itxevon tumanida bir qancha klub va barlarga borgani natijasida vujudga keldi. Yenin shahridan bo‘lgan bu fuqaro u yerarda boshqa shaharlardan kelgan bir necha kishiga infeksiya yuqtirgan.

Hukumat tasdiqlangan holatlar soni o‘sishini kutmoqda. Shu munosabat bilan barcha klub va ko‘ngilochar muassasalarni 7 iyunga qadar yopish tavsiya qilindi, Seul ma’muriyati esa barcha muassasalarni majburiy tartibda yopishga qaror qildi.

O‘tgan kun davomida Хитойда 17 ta yangi koronavirusga chalinish holati qayd etildi. Ularning 10 tasi lokal xarakterga ega. Uzoq tanaffusdan keyin Uxanda beshta COVID-19 holat qayd ro‘yxatga olindi. Shahar hukumati epidemiyaning ikkinchi to‘lqini sodir bo‘lmasligiga va’da berdi.

XXR Sog‘liqni saqlash masalalari bo‘yicha davlat qo‘mitasining so‘nggi ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakatda 82,9 mingta koronavirus holati qayd etilgan bo‘lib, 78,1 ming bemor sog‘ayib, shifoxonalardan chiqarilgan.

O‘tgan hafta karantin yengillashtirilgan Германияда ham kasallanish darajasi o‘sdi. Mamlakatda kun davomida 357 ta, bir kun avval esa 667 ta yangi COVID-19 holati aniqlandi.

Epidemiya boshlanganidan buyon GFRda 169,5 ingta koronavirus holati tasdiqlandi, 145,6 mingdan oshiq bemor sog‘aydi.

Jon Xopkins instituti (AQSH) ma’lumotlariga ko‘ra, dunyoda koronavirus holatlari soni 4,1 milliontaga yetdi. 1,4 million kishi sog‘aydi, 282 ming kishi vafot etdi.