10 may kuni Uzbekistan Airways charter reysi bilan Toshkentga Janubiy Koreyadan insonparvarlik yordamining ikkinchi partiyasi yetib keldi, deya xabar qildi “Dunyo” AA.

Olib kelingan yuk tarkibidan qariyb 192 ming dollarlik avtomat mexanizmli ko‘p funksionalli tibbiy karavotlar, antiseptika va dezinfeksiya vositalari, tibbiy niqoblar va immunitetni mustahkamlash uchun oziq-ovqat qo‘shimchalari o‘rin olgan.

Qariyb 1 mln dollar va 6,2 tonnalik birinchi yuk aprel oxirida poytaxtga olib kelingan edi.

Yordam Janubiy Koreyaning BOMI Engineering, LH Corporation, Evergreen Motors, Infinity Co. kompaniyalari, Shinxan universiteti, shuningdek, Janubiy Koreyada vaqtincha ishlayotgan vatandoshlar va u yerda tahsil olayotgan o‘zbekistonlik talabalar ko‘magida shakllantirildi.