9 may kuni 20:36 da Farona vodiysida sezilgan zilzilaning o‘chog‘i Xitoyda joylashgani xabar qilindi.

FVV Seysmoprogonostik monitoring respublika markazi ma’lumotlariga ko‘ra, epitsentrda zilzila magnitudasi 5,4, chuqurligi 189 km ni tashkil etdi. Toshkentdan masofasi — janubi-sharqiy yo‘nalishda 713 km.

Namangan, Farg‘ona va Andijonda yer osti silkinishlari kuchi 2 balni tashkil etdi.