9 may soat 16:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 2349 nafarni tashkil qilmoqda, deya xabar qildi Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati.

Bugun kun davomida 27 ta (kecha — 26) yangi COVID-19 holati qayd etildi.

Shuningdek, bugunning o‘zida 71 nafar (kecha — 119) bemor tuzalib, mamlakat bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan butunlay sog‘ayganlar 1846 nafarни tashkil etmoqda. Sog‘aygan va vafot etganlardan tashqari, jami 493 nafar bemor davolanmoqda. Davolanish ko‘rsatkichi 79 foizga yetdi.

Hududlar bo‘yicha COVID-19 statistikasi

Qoraqalpog‘iston — 114 ta holat, 101 bemor sog‘aygan (89 foiz), 13 bemor qolgan;

Andijon viloyatida — 166 ta holat, 158 bemor sog‘aygan (95 foiz), 8 nafar qolgan;

Buxoro viloyatida — 440 ta holat, 404 bemor sog‘aygan (92 foiz), 36 bemor qolgan;

Jizzax viloyatida — 3 ta holat, 3 bemor sog‘aygan (100 foiz);

Qashqadaryo viloyatida — 6 ta holat, 6 bemor sog‘aygan (10 foiz);

Navoiy viloyatida — 8 ta holat, 2 bemor sog‘aygan (25 foiz);

Namangan viloyatida — 234 ta holat, 179 bemor sog‘aygan (76 foiz, 4 ta o‘lim), 55 bemor qolgan;

Samarqand viloyatida — 172 ta holat, 70 bemor sog‘aygan (41 foiz), 102 bemor qolgan;

Sirdaryo viloyatida — 24 ta holat, 13 bemor sog‘aygan (54 foiz), 13 bemor qolgan;

Surxondaryo viloyatida — 41 ta holat, 35 bemor sog‘aygan (85 foiz), 6 bemor qolgan;

Farg‘ona viloyatida — 158 ta holat, 136 nafari sog‘aygan (86 foiz, 1 ta o‘lim), 26 bemor qolgan;

Xorazm viloyatida — 233 ta holat, 178 bemor sog‘aygan (76 foiz), 55 bemor qolgan;

Toshkent viloyati va Toshkent shahri — 750 ta holat, 561 bemor sog‘aygan (75 foiz, 5 ta o‘lim), 184 bemor qolgan.