Toshkent shahridagi Olmazor tumanida G‘alaba bog‘ining qurilishi bitkazildi. Bog‘ 2018 yil o‘zining tarixiy joyiga qaytarilgan general-mayor Sobir Raximovga atab qo‘yilgan haykal yaqinida joylashgan.

Ikkinchi jahon urushidagi G‘alabaning 75 yilligi munosabati bilan bog‘ qurish tashabbusini 2018 yilning kuzida mamlakat prezidenti Shavkat Mirziyoyev ilgari surgan edi.

«Bu bog‘ xalqimizning G‘alabaga qo‘shgan hissasini aks ettirishi, otalarimiz va bobolarimiz qahramonligini abadiylashtirishi kerak», — deya ta’kidlagan edi davlat rahbari.

Bog‘da 1941−1945 yillardan harbiy texnika va qurol-aslahalar, okoplar va blindajlar kompozitsiyalari va turli xil installyatsiyalar o‘rnatilgan, muzey qurilgan.

Kecha bog‘da 9 may — Xotira va qadrlash kuniga bag‘ishlangan bayram dasturini suratga olish jarayoni bo‘lib o‘tdi.

Foto