Bugun O‘zbekiston hududiga Turkmaniston orqali Kaspiy dengizining janubiy rayonlari ustida shakllangan navbatdagi nam havo oqimi kirmoqda, deya xabar qildi O‘zgidromet matbuot xizmati.

Respublikamizda kechga borib ba’zi joylarga yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Qoraqalpog‘istonda va Xorazm viloyatida ayrim joylarga kuchli yomg‘ir yog‘ishi va momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Harorat 25−30 darajani tashkil qiladi, bu ushbu kun me’yoridan 5−7 darajaga yuqoridir.

Ertaga, 9 may kuni O‘zbekiston hududining katta qismida ob-havo nobarqaror bo‘ladi. Ayrim joylarga yomg‘ir, kuchli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin, Qoraqalpog‘istonda va Xorazm viloyatida yomg‘ir ertalab va kechqurun yog‘adi. Kunduzgi harorat 21−26 darajagacha pasayadi va o‘rtacha ko‘p yillik qiymatlarga yaqinlashadi.

Bugun va ertaga mamlakat hududida shamolning tezligi sekundiga 15−20 metrgacha, shiddat bilan esganda 23−28 metrgacha kuchayishi mumkin.

10 mayda respublikada yog‘ingarchilik to‘xtaydi, faqat Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida kechasi va ertalab ayrim joylarga yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin, kunduzi yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Havo harorati 3−5 darajaga ko‘tariladi.