Koronavirus pandemiyasi munosabati bilan O‘zbekistonning barcha hududlarida, karantin darajasidan qat’i nazar, 9-may, Xotira va qadrlash kuniga bag‘ishlangan ommaviy tadbirlarni o‘tkazish taqiqlanadi. Bundan tashqari, 1941−45-yillardagi urush qatnashchilarining xonadonlariga borish ham taqiqlanadi.

Bu haqda Koronavirusga qarshi kurashish bo‘yicha respublika komissiyasi xabarida so‘z boradi. Bayramni faqatgina oila davrasida nishonlash tavsiya qilindi.

Faxriylarni tabriklash va rag‘batlantirish tadbirlari sanitariya talablariga rioya qilgan holda davlat tashkilotlari tomonidan amalga oshiriladi.

Xabarda jamoat joylarida 2 metrlik ijtimoiy masofani saqlash, shuningdek, uch kishidan ko‘p shaxslarning to‘planishi bo‘yicha talablar saqlanib qolgani eslatib o‘tilgan.