O‘zbekistonda koronavirusdan to‘liq sog‘aygan bemorlar soni 1721 nafarga yetdi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Sirdaryo viloyatidan 8 nafar, Namangan viloyatidan 22 nafar hamda Andijon viloyatidan 2 nafar, Buxoro viloyatida 32 nafar, Xorazm viloyatida esa 1 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor butunlay sog‘aydi.

Bemorlarning barchasi reabilitatsiyaga kuzatilgan.

Sirdaryoda sog‘ayganlarning barchasi Qozog‘iston Respublikasidan kelishgan va karantinga olingan. Kasallik aniqlangach, shifoxonaga yotqizilgan. Ularning 5 nafari Samarqand viloyatidan, 2 nafari Toshkent viloyatidan, 1 nafari esa Sirdaryo viloyatidan. Bemorlarning barchasi erkak bo‘lib, eng yoshi kattasi 44 yoshda bo‘lsa, eng yoshi kichigi 21 yoshda. Ular bugun reabilitatsiyaga kuzatilmoqda.

Namanganda tuzalganlarning barchasi ushbu viloyatdan bo‘lib, koronavirus infeksiyasiga chalinganlar bilan muloqot orqali kasallikni yuqtirib olishgan. Ularning 10 nafari erkak, 12 nafari ayol bo‘lib, eng yoshi kattasi 73 yoshda bo‘lsa, eng yoshi kichigi 7 yoshda. Ular bugun reabilitatsiyaga kuzatildi.

Andijonda sog‘ayganlarning ikkalasi ham (32 yoshli ayol va 28 yoshli erkak) Andijon shahridan bo‘lib, koronavirus infeksiyasiga chalinganlar bilan muloqot orqali kasallikni yuqtirib olishgan. Ular bugun reabilitatsiyaga kuzatildi.

Buxoroda shifo topganlarning 21 nafari Rossiyadan charter reys bilan, yana 1 nafari esa Qirg‘iziston Respublikasidan Buxoroga kelishgan va karantinga olingan. Qolgan 10 nafari esa koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, kasallikni yuqtirib olishgan. Tuzalganlarning 10 nafari Buxorodan, 6 nafari Qashqadaryodan, 4 nafardan Namangan va Toshkent viloyatlaridan, 2 nafari Farg‘onadan, 1 nafardan Toshkent shahri, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Jizzax, Sirdaryo va Surxondaryo viloyatlari hamda Qirg‘iziston Respublikasidan. Ularning 22 nafari erkak, 10 nafari ayollar bo‘lib, eng yoshi kattasi 78 yoshli onaxon bo‘lsa, eng yoshi kichigi 16 yoshda.

Xorazmda tuzalgan 1 nafar erkak bemor 49 yoshda bo‘lib, Farg‘ona viloyatidan. U Qozog‘iston Respublikasidan kelgan va karantinga olingan. Koronavirus infeksiyasi tasdiqlangach, shifoxonaga joylashtirilgan.