Suv xo‘jaligi sohasidagi loyihalarni amalga oshirish agentligiga yangi rahbar tayinlandi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Vazirlar Mahkamasining qarori asosida Baxtiyor Baxodirovich Камалов Suv xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Suv xo‘jaligi sohasidagi loyihalarni amalga oshirish agentligi direktori etib tayinlandi.

U hozirgi paytga qadar Agrosanoat majmui va oziq-ovqat ta’minoti sohasidagi loyihalarni amalga oshirish agentligi bosh direktorining birinchi o‘rinbosari sifatida faoliyat olib borayotgan edi.

1979 yil Toshkent shahrida tug‘ilgan B.Kamalov Toshkent davlat agrar universiteti va Toshkent moliya institutlarini bitirgan.

Faoliyati davomida 2010 yildan 2016 yilgacha Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligi korxonalarini tarkibiy qayta tuzish agentligi Bosh direktorining o‘rinbosari, Xalqaro taraqqiyot uyushmasi ishtirokidagi “Qishloq xo‘jaligi korxonalarini qo‘llab-quvvatlash. II-bosqich” loyihasi menejeri sifatida ishlagan.

Ma’lumot uchun, Suv xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Suv xo‘jaligi sohasidagi loyihalarni amalga oshirish agentligi Vazirlar mahkamasining 2020 yil 29 yanvardagi qarori bilan tashkil etilgan edi.

Agentlik suv xo‘jaligi tizimini takomillashtirishga qaratilgan xorijiy investitsiyalar, xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlari mablag‘lari hamda byudjet mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladigan loyihalarni amalga oshirilishi, shuningdek, loyihalarni amalga oshirish guruhlari va buyurtmachi funksiyasini bajaruvchi hududiy “Suvqurilishinvest” davlat unitar korxonalari faoliyatini muvofiqlashtiruvchi vakolatli davlat organi hisoblanadi.